Ko‘rgazmada qurilish materiallari va uskunalarini xarid qilish imkoniyati yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda “INFORM RIA SERVIS” MChJ hamkorligida qurilish sohasini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish maqsadida joylarda mintaqalararo ko‘rgazma tashkil etilmoqda.
Bugun Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasida zamonaviy qurilish texnikalarining ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani, mahalliy sanoat korxonalari mahsulotlarining sifati yanada oshayotgani, ularning turlari ko‘payayotgani alohida ta’kidlandi.
Ko‘rgazmada qurilish, pardozlash, fasad, materiallar va keramika mahsulotlari, laminatsiyalangan pol usti qoplamalari, yog‘och-payraxa plitalari, laminatsiyalangan pollar va devor panellari, qurilish plitalari ishlab chiqaradigan korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Tadbirda qurilish materiallari, qurilish uskunalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish imkoniyati yaratilgan.
Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi axborot xizmati.