Koronavirus keltirib chiqaradigan pnevmoniya avval ma’lum bo‘lgan atipik pnevmoniyadan nimasi bilan farqlanadi?

➖ Atipik pnevmoniya 2013 yilda kuzatilgan bo‘lib, bu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi MERS virusi bo‘lgan. Ushbu kasallik o‘sha yillarda nazoratga olingan.

Atipik pnevmoniyadan koronavirus infeksiyasi keltirib chiqaradigan pnevmoniyaning farqi shundaki, ikkinchi holatda pnevmoniya juda tez rivojlanadi va unda immunstress holat kuzatiladi. 

Shuningdek, koronavirus immun tizimga ta’sir ko‘rsatadi va sitokinlar «bo‘roni» yuzaga keladi. Bu esa o‘z navbatida fibrotik o‘zgarishlar bilan pnevmoniyani rivojlantirib yuboradi.

Koronavirus pnevmoniyasida yo‘tal quruq bo‘ladi. Virusli pnevmoniyani tashxislashning eng optimal usuli — MSKT tekshiruvi hisoblanadi.

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lumot berdi.