Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalarga amal qiling
- Ko‘pgina viruslar, jumladan koronavirus ham dezinfeksiyalovchi eritmalarda o‘ladi. Shaxsiy gigiyenaga qat’iy amal qiling;
- qo‘llaringizni tez-tez yuving. Doimiy foydalanadigan buyumlaringizni ham toza saqlang. Virusni nafaqat havo-tomchi, balki kontakt usulida ham yuqishini hisobga olsak, qo‘llarga dezinfeksiyalovchi, spirtli eritmalar bilan ishlov berish ham yaxshi samara beradi. Telefon, klaviatura, eshik tutqichlari, lift tugmalari, do‘konlardagi aravalar tutqichlari epidemiologik jihatdan xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha ularni ushlamaslikka harakat qiling. Ushlasangiz qo‘lingizni spirtli gel bilan tozalang, sovunlab yuving;
- yuz-ko‘zingizga yuvilmagan qo‘llaringizni tekizishdan saqlaning. Chunki virus nafaqat burun yoki og‘iz, balki ko‘z shilliq pardalari orqali ham yuqadi;
- tibbiy niqobdan foydalaning. Niqoblarni ham vaqti-vaqti bilan almashtirib turing;
- ishlatilgan niqobni yechgach, qo‘llarni yuvishni unutmang;
- aksirish yoki yo‘talish vaqtida og‘izni qo‘l bilan emas, bir martalik salfetka bilan yoping;
- qo‘l berib so‘rashish va quchoqlab ko‘rishishdan cheklaning;
- imkon qadar umumiy ovqatlanish joylariga borib ovqatlanmang.