Koronavirusdan so‘ng bolalarda bosh og‘rig‘i, yo‘tal va hazm qilish a’zolari faoliyatidagi buzilishlar saqlanib qoladi
Bolalar koronavirus oldida avval o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq zaifroq bo‘lib chiqdi — ularning ko‘pchiligida hatto tuzalgandan keyin ham salbiy asoratlari saqlanib qoladi. Bu haqda «The Wall Street Journal» xabar berdi.
Amerikalik shifokorlar COVID-19 dan so‘ng bolalarda bosh og‘rig‘i, yo‘tal va hazm qilish a’zolari faoliyatidagi buzilishlar saqlanib qolishini ko‘proq qayd eta boshladi. Shunga qaramay, ularning aksariyati virusni yengil shaklda o‘tkazishi tasdiqlangan.
Bolalarda multisistemali yallig‘lanuvchi sindrom deb ataluvchi asorat eng ko‘p uchraydi. Ta’kidlanishicha, AQShda 9 iyuldan buyon kasallikni yuqtirgan bolalar soni ikki baravar ko‘paygan.
Koronavirusga chalingan ko‘pgina bolalarda Kavasaki kasalligini eslatuvchi ko‘plab yallig‘lanishlar qayd etilgan. Keyinroq COVID-19 fonida bolalarda halokatli gipersitokinemiya — organizm to‘qimalari shikastlanishiga olib keluvchi nazorat qilib bo‘lmaydigan yallig‘lanish rivojlanishi mumkinligi ham isbotlangan.