Koronavirusdan tuzalgach ham holsizlik kuzatilsa, nima qilish kerak?

Koronavirusdan tuzalganidan keyin bemor reabilitatsiya jarayonidan o‘tadi. 2 oygacha "Aspirin" ichib turishi kerak, chunki kasallikdan keyin ham tomirlarda tromblar qoladi va dori ularni tiklashga yordam beradi.

Oqsilga boy ovqatlarni iste’mol qilish kerak. Hazm qila olish kuchiga qarab ovqat miqdorini belgilash kerak. Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilaverish zarur.

Organizm qayta tiklanishida suyuqlik juda muhim.

Organizmga o‘zini-o‘zi tiklab olishi uchun imkon berish kerak. Bunda antibiotiklarni qabul qilmaslik zarur, chunki ular qayta tiklanish jarayonini sustlashtiradi va immunitetni tushiradi.

Mashhura Zohidova,

tibbiyot fanlari doktori, professor.