Koronavirusga chalingan bemorlarda kasallikdan keyingi asoratlar qanday bo‘ladi?
- 08.06.2020 20:33
- 503
- COVID-19

- Davolangan odamlar uchun koronavirusning oqibatlari bir nechta omillarga bog‘liq: insonning immuniteti va surunkali kasalliklar.
Sog‘aygandan keyin bir necha hafta davomida quyidagi asoratlar uchrashi mumkin:
- tez yurish, zinapoyaga chiqishda yoki jismoniy zo‘riqqanda nafas qisilishi;
- isitmasiz va balg‘amsiz yo‘tal;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi.
Shuning uchun davolangandan so‘ng immunitetni kuchaytirishga, vitaminlarga boy oziq-ovqat maxsulotlarini iste’mol qilishga, kunda bir necha bor nafas gimnastikasini bajarishga va xonalarni doim shamollatib turishga ahamiyat berish kerak, - deb javob berdi AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov.
Teglar:
koronavirus sog‘ayganlar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
AQShda eng ko‘p qidirilgan jinoyatchi
- Kecha, 22:05
- O'qing, qiziq!
Nega kitob o‘qishga odatlanmay qo‘ydik?
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Endi grantlar manzilli bo‘ladi
- Kecha, 15:18
- Samarqand