Kuchli qor 80 yilda birinchi bor Madridni "falajladi"
- 10.01.2021 12:15
- 246
- Xorij
Ispaniya poytaxti Madridda 8 yanvar kuni boshlangan kuchli qor Baraxas xalqaro aeroporti faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Twitterda aeroportlar boshqarmasi e’lon qildi.
Madridda so‘nggi 80 yil ichida eng ko‘p qor yoqqani tufayli favqulodda holat e’lon qilindi. Shu munosabat bilan aeroport ko‘rinish darajasi yaxshilangunga qadar faoliyatini to‘xtatdi. Bundan tashqari, mamlakatda yuzlab yo‘llarda transport harakati qiyinlashdi, ba’zi magistral yo‘llar yopilgan va temir yo‘l harakati qisman to‘xtatilgan.
Hukumat mahalliy aholidan uyda qolishni so‘rashmoqda. Ispaniya meteorologiya agentligi ushbu ob-havo holatini tarixiy deb ta’kidladi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.
Teglar:
Ispaniya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Jurnalistikada tezkorlik muhimmi yoki haqiqat?
- 19 daqiqa avval
- Jamiyat
To‘yga ko‘p kelgani yaxshimi yoki kim kelgani?
- Bugun, 11:48
- Mutolaa
Shohona satrlar sohibi Ubaydiy haqida bilasizmi?
- Bugun, 10:49
- Mutolaa
Alimentni oldindan to‘lash mumkin
- Bugun, 10:47
- Jamiyat