Kuniga 10 000 qadam yurish foydali(mi?)

Kimgadir bu ko‘rsatkich qo‘rqinchli bo‘lib tuyuladi va agar kechga yaqin qurilmadagi kerakli raqamga erishilmasa, ko‘pchilik xafa bo‘lishi mumkin.

Xorijiy tadqiqotlar keng qo‘llaniladigan qadamlar sonining ilmiy asoslari yo‘q ekanini ko‘rsatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kuniga 4400 qadam yurish orqali keksa ayollar o‘lim xavfini kamaytirishga erishilgan, shu bilan birga natijalar yurish tezligiga ta’sir qilmasligi ham aniqlandi.

Yurish - bu mashqning ajoyib shakli, imkon qadar ko‘proq yuring. Lekin agar kuniga o‘sha mashhur 10 000 qadamni "bosa olmasangiz", bu xafa bo‘lish uchun sabab bo‘lmasligi kerak.