Kutilmagan «rassom»
AQSh prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden hech qachon rassomlikka o‘qimagan. Lekin birdaniga tasviriy san’at olamida paydo bo‘lib, ko‘rgazmada o‘z kartinasini 500 ming dollarga pullashga muvaffaq bo‘ldi.
Oqibatda tez orada Baydenlarning korrupsion tomoshasi haqida gap tarqaldi. O‘zini AQSh prezidentiga yaqinligini namoyish qilishni istovchilar o‘zlaridan boshqa hech kimga sariq chaqalik qiymati bo‘lmagan abstrakt kartinalarini yaxshigina pullashga tayyor.
Ma’lumki, AQShda dunyoda san’at asarlari sotiladigan eng katta bozor bo‘lib, u davlat tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu bozorga jahonning turli mamlakatlardan har xil, kelib chiqishi shubhali bo‘lgan kartinalar erkin oqib keladi.
***
«Aqllilik» balosi
Yer yuzi aholisining ruhiy salomatligi holati og‘ir va yildan-yilga battar bo‘lib bormoqda… Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shunday xulosaga keldi, deb yozadi «MN» (2021 y 4-son).
Bugun jahonda taxminan 1 mlrd. ruhiy holati buzilgan kishi bor. Ulardan asosiy qismi depressiya (jazava)dan iztirob chekyapti. Har yili 200 mln. odam shu xatarli holatga duchor bo‘ladi. O‘z joniga suiqasd qilishga ham shu majbur qiladi: har yili 800 ming kishi joniga qasd qiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha mamlakatlarni ushbu ijtimoiy kasallikning oldini olish – mehnat sharoitlarini yaxshilash, oiladagi zo‘ravonlikka chek qo‘yish, o‘smirlarni bo‘sh vaqtlarini internet, virtual olamda emas, sport, boshqa madaniy ko‘ngilochar tomoshalarga jalb etishga chaqiradi.
BMT qaroriga ko‘ra, 1992 yildan buyon dunyoda 12 oktyabr Butunjahon ruhiy salomatlki kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.
T.Shomurodov tayyorladi.