Kutubxona o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini oshiradi

Kitob insonni ma’naviy kamolotga yetaklaydi. Kitob o‘qigan kishining ilmiy salohiyati, ma’naviy olami boyiydi.

Yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish maqsadida maktabimizda 40 o‘rinli keng, yorug‘ va mo‘’jazgina kutubxona tashkil etildi. Undagi 1200 dan ziyod badiiy-ilmiy ommabop asarlar, qiziqarli ertaklar o‘quvchilar, o‘qituvchilar va aholi ma’naviy olamini boyitishga xizmat qilmoqda. Kutubxona doim kitobsevarlar bilan gavjum. Har bir o‘quvchi o‘qigan kitoblari haqida tengdoshlariga gapirib beradi, mulohaza yuritadi. Bu esa yana boshqa tengdoshini ushbu kitobni qo‘liga olishga undaydi.

Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar rivojlangan davrda yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish maqsadida kutubxonamizda turli tadbirlar, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.   Bunday davra suhbatlari yoshlarni ona Vatanga, kitoblarga bo‘lgan mehrining oshishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

Hulkar NIShONOVA,

Paxtachi tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ARM  mutaxassisi.