Kuzgi shudgorlash va o‘g‘itlarni qo‘llashning afzalligi nimada?
Tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda kuzgi shudgor muhim ahamiyatga ega. Kuzgi shudgor tuproqdagi organik qoldiqlarni o‘simlik ildiz zonasidan chirib, gumus va zarur oziq-moddalarga aylantirishga imkon beradi.
Shu bilan birga, begona o‘tlar urug‘i, yer yuzasida to‘planib kelgan zararkunanda tuxum va lichinkalari hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni pastki chuqur qatlamiga tushib, nobud bo‘lishi yoki faolsizlanishiga sabab bo‘ladi. Kuzgi shudgor tuproq zichligi va qattiqligini yo‘qotib, uni yumshoq holatga keltirib, kuz, qish hamda bahorgi yog‘ingarchilik suvlarini tuproqqa yaxshi singishi, ularni daladan oqib chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Bu esa, tuproqni suv zaxirasiga boyitadi va o‘suv davrida sug‘orishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Kuzda asosiy ozuqa sifatida organik, fosforli hamda kaliyli o‘g‘itlar qo‘llaniladi. Ushbu o‘g‘itlarning samarasi kuzgi shudgor bilan qo‘llanilganda eng yuqori bo‘ladi.