Leksikograflar 2020 yilni tavsiflovchi so‘zni tanlay olishmayapti: "Koronavirus", "karantin", "ijtimoiy masofa", "impichment", "belaruslik"...
Bu haqda Oxford University Press saytida e’lon qilingan hisobot dalolat bermoqda.
Buning o‘rniga leksikograflar o‘tayotgan yilni tavsiflovchi bir qator so‘zlar turkumini tanlashdi. Tanlangan so‘zlar orasidan epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan: "koronavirus", "karantin" va "ijtimoiy masofa" atamalari o‘rin oldi.
Bundan tashqari, Oksford ekspertlari 2020 yilgi siyosiy voqealarni tavsiflovchi so‘zlarni belgilashdi: "impichment" va "belaruslik". Birinchisi so‘z - AQSh Kongressi demokratik partiyasining AQSh Prezidenti Donald Trampga qarshi ayblovini ko‘rib chiqish tartibiga tegishli bo‘lsa, ikkinchisi - minglab odamlar Aleksandr Lukashenkoning qayta saylanishiga qarshi miting o‘tkazilgan Belarusdagi saylovlarga taalluqli.
Yilning yana bir so‘zi "o‘rmon yong‘inlari" tushunchasi bo‘lib, leksikograflar o‘tgan yili sayyoradagi iqlimiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni ham e’tibordan chetda qoldirishmadi. Ya’ni, bunda "iqlimiy favqulodda vaziyat" ("klimaticheskoye ChP") iborasi tanlandi.
Noyabr oyi boshida Aleksandr Pushkin nomli davlat rus tili instituti mutaxassislari “o‘z-o‘zini izolyasiya qilish” («samoizolyasiya») va “prezidentlik muddatlari nolga tenglashtirilishi – amaldagi davlat rahbarlariga vakolatning maksimal muddatini uzaytirishga imkon beradigan konstitutsiyaviy cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish” («obnuleniye») so‘zlari 2020 yilning asosiy so‘zlari ekanligini tan olgan edi. Tematik bloklar matnlarini tahlil qilish asnosida mutaxassislar bir tomondan yuqori chastotali, ikkinchidan, chuqur ma’no va ahamiyatga ega bo‘lgan xarakterli «kalit» so‘zlarni tanlashdi. Kremldagilar bu tanlovdan hayratda qolishdi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.