Lola Karimova Gollivuddagi umumiy qiymati 11 mln dollardan ziyod bo‘lgan mulklarini sotuvga qo‘ydi

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja kizi Lola Tillayeva-Karimova Gollivuddagi ikkita yirik villasini sotuvga qo‘ydi. Villalar narxi mos ravishda 5.995 va 6.495 million dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Variety nashri xabar bergan.

Lola Tillayeva va uning eri Timur Tillayevga tegishli ushbu mulklar 2007-2014 yillar oralig‘ida xarid qilingan. Ulardan biri avval mashhur Kim Kardashyanga tegishli bo‘lgani aytilmoqda.

Oilaning o‘zi 33 million dollarlik boshqa uyda istiqomat qiladi, deb yozadi nashr.