Londondagi Ukraina bo‘yicha sammit xulosalari va Tramp ziddiyati

Kecha Londonda Yevropa Ittifoqi yetakchilarining Ukraina masalasi bo‘yicha sammiti yakunlandi.
Sammit ishtirokchilari AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi va Yevropa Ittifoqining mamlakat xavfsizligini ta’minlashdagi rolini muhokama qilgan.
Oq uyning Oval kabinetida prezident Zelenskiy, AQSh prezidenti Tramp va vitse-prezident Vens o‘rtasidagi keskin tortishuvdan bir kun o‘tib, Ukraina rahbari Londonda iliq kutib olindi.
U Buyuk Britaniya Bosh vaziri Key Starmer mezbonlik qilgan Yevropa yetakchilari sammitida qatnashdi va keyin Sandringemdagi qarorgohida qirol Charlz III bilan uchrashdi.
Uchrashuv ishtirokchilari quyidagi to‘rtta qadam bo‘yicha kelishib oldilar:
- Urush davom etayotgan bir paytda Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etish va Rossiyaga iqtisodiy bosimni oshirish.
- Har qanday barqaror tinchlik Ukraina suvereniteti va xavfsizligini ta’minlashi, Ukraina muzokaralar stolida o‘tirishi kerak.
- Agar tinchlik kelishuviga erishilsa, Yevropa yetakchilari kelajakda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining oldini olishga harakat qiladi.
- Ukrainani himoya qilish va mamlakatda tinchlikni ta’minlash uchun "xohlovchilar koalitsiyasi" tuziladi.
Tramp esa bugun AQSh rasmiylari bilan uchrashib, Kiyevga qarshi bir qator choralarni ko‘rish, jumladan, harbiy yordamni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqadi.