Los-Anjelesga ulkan qor bo‘roni yaqinlashmoqda: Bunaqasi 30 yil oldin sodir bo‘lgani ma’lum qilindi

Kaliforniya janubidagi bir qancha tumanlar aholisi qor bo‘roni yaqinlashayotganidan ogohlantirildi. Kaliforniya oxirgi marta 1989 yilda bu darajada qor bilan qoplangan.

Meteorologlar Los-Anjeles sharqidagi tog‘larda rekord darajada — 2,5 metrgacha qor yomg‘ir yog‘ishini kutishmoqda.

Yopirilishi kutilayotgan bo‘ron allaqachon ko‘plab shimoliy shtatlarga keskin sovuq, kuchli shamol olib kelgan. 

Sovuq front Shimoliy Amerikaning deyarli butun Tinch okeani sohillari bo‘ylab, jumladan, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasi bo‘ylab tarqaladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyida ham AQShga qor bo‘roni yopirilgan va o‘nlab qurbonlar bo‘lgan edi.