"Mahalla" hisobchilari malaka oshirdi

Samarqand shahridagi biznes markazida “Mahalla” xayriya jamoat fondining Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘lim va bo‘linmalari katta hisobchilarining ish samaradorligi hamda malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda fondning respublika boshqaruvi va viloyatlardan taklif qilingan hamkor tashkilotlar mas’ul xodimlarining ma’ruzalari o‘rin oldi.
- O‘quv-seminar 2 kun davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu
o‘quv-seminardan ko‘zlangan maqsad tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan katta hisobchilarning malakasini oshirish va tajriba almashishdan iborat, - deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi katta hisobchisi J.Sirojiddinov. - Bu esa albatta, kelgusida buxgalteriya tizimida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda katta ahamiyat kasb etadi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi matbuot xizmati.