«Mahalla posboni» lavozimi tugatilib, profilaktika inspektorlarining yordamchisi lavozimi joriy etildi
- 26.12.2018 14:44
- 2326
- O‘zbekiston
Qarorga muvofiq hokimlarga har kuni tegishli hududning sutka davomidagi kriminogen vaziyati bilan shaxsan tanishish majburiyati yuklanib va bunda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarga alohida e’tibor qaratish lozimligi belgilandi.
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimlari tugatilib, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimi joriy etildi, ular huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatadi.
Biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari o‘z vaqtida ko‘rilgan hollarda bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, profilaktika inspektorlari va ularning yordamchilari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan a’zolari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa