Mahalla saylovida ishchi guruh faoliyati muhim
Samarqand shahrida “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Saylovni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat, tuman (shahar) komissiyalari, ishchi guruhlar a’zolari ishtirok etgan tadbirda senatorlar, respublika komissiyasi vakillari fuqarolar yig‘ini sayloviga oid qonunchilik, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi haqida so‘z yuritildi.
Senat huzuridagi respublika ko‘maklashuvchi komissiyasi a’zosi Narimon Umarov, Senatning Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Abdurahmon Boboyev, viloyat ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Farmon Toshev “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatish tartibi haqida tushuncha berdi. May oyida boshlanadigan saylov jarayonlarini qonunchilikda belgilangan tartib asosida o‘tkazishda hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarning vazifalariga e’tibor qaratildi.
O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.