Samarqandda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya tarkibi tasdiqlandi
Joriy yilning may oyida mamlakatimizda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi o‘tkaziladi. Oliy Majlis Senati Kengashining shu yil 16 mart kuni o‘tkazilgan majlisida bu haqda qaror qabul qilinib, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi tuzildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining oltmishinchi sessiyasida viloyatda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyaning 27 kishidan iborat tarkibi, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Komissiya tarkibi quyidagicha:
Komissiya raisi
- Toshev Farmon Ishoqovich – “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri
Komissiya raisining o‘rinbosarlari
- Ochilov Xurshid Abdurashidovich – viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
- Jabborov Isroil Ismoilovich – viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i
Komissiya a’zolari
- Mamadqulov Dilshod Omonqulovich – viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari
- Rahmonova Zebiniso Po‘latovna – viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi
- Rahmatullayev Behzod Rahmatullayevich – viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari
- Jo‘raqulov Shohrux Davronovich – xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi
- Rafiqov Suhrob Abdug‘afforovich – xalq deputatlari viloyat Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi
- Ixtiyorov Mirzo Rustamovich – xalq deputatlari viloyat Kengashining Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, viloyat teleradiokompaniyasi direktori
- Temirov Sherali Abdixalilovich - viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
- Nazarov Farxod Sharipovich – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari
- Usmonov Saidahmad – viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
- Nuriyev Salohiddin Samadovich – viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i
- Halimov Akram Hamidovich – viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i
- To‘xtayev Husan Mirzayevich – Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i
- Nasimov Dilmurod Abdullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Samarqand filiali rahbari
- Jangirov Ozod Joniqulovich – viloyat xalq ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
- Ibodullayev Mannob Mahmatmurodovich – viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i
- Hamrayev Elyor Mahmatqulovich – “Yuksalish” umummilliy harakatining Camarqand viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari
- Ergashev Toshtemir Hamdamovich – Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi direktori
- Toshniyozov Otabek Polvonovich - viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - viloyat yuridik texnikumi direktori
- Husanov Diyor Sheraliyevich - Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili
- Zayniyev Suhrob Sobirovich - viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
- G‘afforova Zilola Hamidovna - AT Xalq banki Samarqand viloyat filiali ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshliq o‘rinbosari
- O‘roqova Madina Toshpo‘latovna - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti qoshidagi akademik litseyi direktori o‘rinbosari
- Ahtamov Akbar Ahtamovich - “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi
- Ahrorov Shohruh Xolmurodovich – viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, komissiya mas’ul kotibi.