"Mahallabay" ishlash tizimida eng yaxshi taqdimot qilgan hokim yordamchisi aniqlandi

"Mahallabay" ishlash tizimi orqali hokim yordamchisining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlari to‘g‘risida tayyorlangan taqdimot materiallari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Tanlov natijasiga ko‘ra, quyidagi hokim yordamchilari "Mahallabay" ishlashda faollik ko‘rsatgan:

- Paxtachi tumani Oqtepa mahallasidan Javlon Ismoilov birinchi;

- Toyloq tumani Vorsin mahallasidan Komil Boboaliyev ikkinchi;

- Payariq tumani Bahrin mahallasidan Oybek Qarshiyev uchinchi o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilarni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov taqdirladi.