Mahallalardagi hokim yordamchilariga 2,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi
- 11.11.2021 17:04
- 317
- Samarqand
2022 yilgi byudjet xarajatlaridagi o‘zgarishlardan biri — mahallabay ishlashning yangi tizimi uchun 2,5 trillion so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgani. Ushbu mablag‘ bevosita hokim yordamchilari tomonidan tasarruf etiladi.
Shuningdek, 2022 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish davlat dasturlari va tadbirlari uchun byudjetdan 20,3 trillion so‘m, markazlashgan investitsiya xarajatlari uchun 21,7 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.
Byudjet xarajatlari samaradorligini oshirish uchun kelgusi yildan 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning xarajatlari maqsadli indikatorlar asosida shakllantiriladi. Bunday indikatorlarni ishlab chiqishda Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki Yevropa ittifoqi va AQSh g‘aznachiligi ekspertlari yordam beradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ro‘zada narx oshmaydi
- Bugun, 18:52
- Samarqand
Inson salomatligi bilan bog‘liq afsonalar
- Bugun, 18:09
- O'qing, qiziq!
Seminar ziyorat bilan boshlandi
- Bugun, 17:53
- Samarqand
Topganimiz to‘yga buyurishi shart emas
- Bugun, 14:40
- Mutolaa
Insonning eng sermahsul davri qachon?
- Bugun, 14:07
- O'qing, qiziq!