Mahallamiz idorasi qachon ta’mirlanadi?
- 11.08.2022 11:26
- 578
- Samarqand
Bizning Ishtixon tumanidagi G‘ofur G‘ulom nomli mahalla fuqarolar yig‘ini binosi bir necha yildan buyon ta’mirga muhtoj.
Gazeta, radio, televideniye orqali Samarqandda bir yilda yuzlab mahalla binolari yangi qurilayotgani yoki ta’mirlanayotganini eshitib, havas qilamiz. Bu masalada yordam so‘rab bir necha bor turli idoralarga murojaat qildik. Biroq meni o‘ylantirgan jihat - mahalla raislarida tashabbuskorlik, taklif bildirish harakatlari yetishmayotgandek.
Hozir mahalla idorasi boshqa binoning ikkinchi qavatida joylashgan. Bu yerga keksalar chiqolmaydi, avtomobil harakati ko‘p, yo‘l ta’mirlanmagan. Bizning mahallamiz idorasi zamonga qachon mos bo‘larkan, deb kelib-ketamiz...
Qahramon Nomozov,
Ishtixon tumani, G‘.G‘ulom nomli mahalla faoli.
Teglar:
Ishtixon tumani
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa