Mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilar QQSdan ozod etiladi
- 02.10.2019 15:08
- 153
- Iqtisodiyot
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrda imzolangan “Donni qayta ishlovchi korxonalar va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan faqatgina mahalliy dondan foydalangan holda ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli nonni ishlab chiqarish va sotish 2020 yil 1 iyulgacha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.
Shuningdek, shu sanaga qadar donni qayta ishlash korxonalari unining QQS bo‘yicha soliq solinadigan aylanmasi daromad hajmidan kelib chiqqan holda, don qiymatidan tashqari hisoblab chiqariladi.
Ushbu tartib 2018 yil sentyabr oyida joriy etilgan. 1 oktyabrdan boshlab import qilingan va importda QQS solingan donni qayta ishlovchi korxonalar soliq solinadigan QQS aylanmasini Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa