Mahbuslardan barmoq izini aniqlash amaliyoti quyidagi voqeadan so‘ng boshlangandi
1903 yilda Vashington shtatidagi Levenvort qamoqxonasiga mahbus Uill Uyest olib kelingan. Uyestni suratga olgan xodim u bilan tanishligi va uni ikkinchi marta suratga tushirayotganini aytadi. Lekin Uyest “Men hech qachon bu qamoqxonada bo‘lmaganman”, degan javob qaytaradi.
Kotib kartotekadan Uilyam Uyestning hujjatlar to‘plamini olib chiqadi.
- Juda qiziq! - deydi suratga qarab mahbus, - axir bu menman-ku! Lekin men bu qamoqxonada hech qachon bo‘lmaganman.
Eng qizig‘i, u to‘g‘risini aytayotgandi.
O‘sha paytda yana bir mahbus — ismi (familiyasi ham o‘xshash), terisining rangi va tashqi ko‘rinishi Uill Uyest bilan bir xil bo‘lgan Uilyam Uyest 1901 yildan beri bu qamoqxonada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan edi.
Bu ikkovlonning ishi barmoq izini aniqlash joriy etilishining sabablaridan biri bo‘lgan.