Mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi beriladi
- 05.09.2019 09:31
- 25
- Siyosat
Saylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Qonun bilan Konstitutsiya va bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi beriladi.
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra endilikda ichki ishlar organi xodimlari Qonunchilik palatasiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga saylana olmaydi.
Teglar:
saylov