Majburiyatni bajarmaslik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
- 22.02.2019 10:14
- 159
- Siyosat
Ayni kunlarda «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi xalq muhokamasidan o‘tkazilmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, ish beruvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmaslik, aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, mehnatga ma’muriy tarzda majburlash kabi holatlarda ma’muriy javobgarlik kuchaytirilib, jarima miqdorini oshirish belgilangan.
Shuningdek, loyihada fuqarolarning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlagan holatda javobgarlikni kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa