Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim xodimlariga navbatdan tashqari ta’til e’lon qilindi
Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bugundan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim xodimlari navbatdan tashqari mehnat ta’tiliga chiqadi.
- Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan mudir, metodist, tibbiy hamshira, xo‘jalik mudiri, farrosh va qorovul lavozimlarida ishlovchi xodimlar o‘z faoliyatlarini davom ettirib, ularning ish vaqti hisobga olinib, ish haqi amaldagi tartibga ko‘ra to‘lanadi, - deydi viloyat maktabgacha ta’lim tashkiloti boshlig‘i o‘rinbosari D.Azizova. – Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yuqorida nomlari keltirilmagan boshqa xodimlari 2020 yil 18 mart kunidan 31 mart kuniga qadar navbatdagi yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqariladi, ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi ularga qulay vaqtda beriladi. Ta’til kunlari tibbiy hamshiralar tomonidan har kuni tarbiyalanuvchilar ahvoli bo‘yicha nazorat olib boriladi.
Bugungi kunda viloyatimizdagi 652 ta davlat, 68 ta nodavlat, 48 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va 1197 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin e’lon qilindi. Ularda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan dezinfeksiyalash ishlari olib borilmoqd