Maktablarda o‘quvchi-yoshlar tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilyapti
Aholi salomatligini saqlash va yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan maktablarda dprofilaktik, tadbirlar, tibbiy ko‘riklarda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, SamDTU bolalar stomatologiyasi kafedrasi xodimlari hamda stomatologiya fakultetining bir guruh faol talabalari tomonidan Samarqand shahridagi 57-umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda o‘quvchilarga tishlar salomatligi va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi borasida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berildi. Tadbir doirasida o‘quvchilar uchun birlamchi tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, 50 ga yaqin o‘quvchi ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘quvchilarning 25 nafarida kariyes kasalligi aniqlandi hamda kerakli maslahatlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarga og‘iz bo‘shlig‘i va tish salomatligi uchun zarur bo‘lgan vositalar taqdim etildi.