Mantiqqa xilof ravishda “boshqacha” oqadigan daryolar

Daryo – qayerlargadir qarab oqadigan suv oqimi. "Ha-da, daryo bo‘lgandan keyin oqadi-da", deyishingiz mumkin. Biroq shunday daryolar borki, ular g‘alati yoki o‘zgacha oqadi.

Geografiya va geometriya. Velna va Velba daryolari

Реки Велна и Нельба/ © Zbigniew Tomczak, miasta.pl

Polshada ikkita unchalik katta bo‘lmagan, bir-birini to‘g‘ri burchak ostida kesib oqadigan Velna va Velba daryolari bor. Bundan tashqari, ular bir-biriga qarab oqmaydi va hatto suvlari aralashmaydi. Uchrashgach, suvlari ajralib, o‘z yo‘lida oqishda davom etadi.

Polshaliklar hatto Velnaga qizil, Velbaga ko‘k bo‘yoq quyib bir tajriba o‘tkazishdi. Natijada hech qanday aralashishsiz qizil rangli daryo o‘z yo‘lida davom etdi, ko‘ki esa o‘z suvlarini qizil oqim ustidan olib o‘tdi. Olimlar bu hodisani suv haroratining farqi va daryolar oqimi tezligi bilan izohlamoqda.

Bir tomonda ovlaysiz, boshqasida pishirasiz. Puarenga daryosi

Река Пуаренга/ © kiesk.by

Yangi Zelandiyada joylashgan tub aholi – Maori xalqi shunday qiladi: Puarenga daryosining bir qirg‘og‘ida ular baliq tutishadi, keyin ko‘prikning boshqa tomoniga o‘tib, baliqlarni xaltaga solib suvga tushirib... pishirib oladilar. Bu g‘ayrioddiy daryoning har xil haroratli - o‘ng qirg‘og‘ida sovuq, chap tomonida esa qaynoq suvlari bor.

Bu qanday bo‘lishi mumkin? Juda oddiy – Puarenga sovuq va issiq buloq manbalaridan oziqlanadi, juda tez oqim tufayli bu suvlar aralashishga vaqt topa olmaydi, shu sabab har xil haroratli ikkita oqim hosil bo‘ladi.

Sohil toshib..  Xuanxe daryosi

Буйная Хуанхэ. Желтый цвет ее – от глины и земли/ © paymentproof2020.blogspot.com

Xitoyliklar bu o‘jar daryoga “Alamzada”,  “Minglab baxtsizliklar keltiradigan” va hatto shoirona “Qalblarni ezadigan daryo” kabi qanday nomlarni bermagan deysiz. Bularning hammasi Xuanxening  haddan tashqari tez fe’lligidan.

O‘z tarixi davomida bu daryo 26 marta o‘zanini o‘zgartirishi va 1500 martadan ortiq toshib ketishi tufayli katta halokatlarga olib kelgan. Bundan tashqari, qirg‘oqlaridan toshib ketishni o‘ziga odat qilib olgan daryo tekisliklarga har yili milliard tonnadan ortiq balchiqlarni olib keladi. Xitoyliklar bu minnatli daryoga tavsif berib, yana “Xuanxe suvi ichish uchun juda quyuq, sug‘orish uchun juda suyuq”, deb aytishadi.

Qat’iy jadval bo‘yicha. Uata-Rike daryosi

Еще час–два и она пересохнет/ © magicwaters.ru

Janubiy Amerikada mahalliy aholi “tungi kapalak” deb nomlagan Uata-Rike daryosi bor. Quyosh yashirinishi bilan daryo tubi suvga to‘ladi va u barq urib Tinch okeani tomon shiddat bilan otiladi. Ammo tong otgach, javlon urish barham topadi, shunda daryoni osongina kesib o‘tish mumkin. Quyosh tepaga ko‘tarilgan paytda, Uata–Rike shunchaki yo‘q bo‘lib qoladi.

Bu yerda tasavvuf izlash shart emas va bu g‘ayrioddiy hodisa juda oddiy tushuntirishga ega. Daryoni to‘ldirish manbai And tog‘larining cho‘qqilaridan oqib chiqadigan suvdir. Kunduzi quyosh nurlari ostida erigan qor jilg‘alar tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab vodiyga o‘z sayohatini boshlaydi. Biroq ular daryo tubiga faqat kechqurun yetib boradi. Butun tun davomida erigan qor Uata–Rikeni to‘ldiradi va ertalab zaxiralar tugab, buloqlar quriydi va daryo okeangacha yetib bormasdan yo‘qoladi.

Albatta, bu holat baliqlarga xush kelmaydi, shuning uchun tungi kapalak to‘liq jonsizdir.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.