Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida 10 ming nusxada chop etilgan kitobda 222 nafar yigitning jasorati, qahramonligi haqida hikoya qilingan. E’tiborlisi, kitobga kiritilgan 25 nafar samarqandlik Vatan himoyachilari orasida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchi-g‘avvosi G‘ofir Jo‘rayev xotirasi ham yodga olingan.

Tadbirda G‘.Jo‘rayevning jasorati, favqulodda vaziyatlarda aholiga ko‘rsatgan yordami haqida hamkasblarining xotiralari eshitildi. 

Ma’rifiy tadbir doirasida Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazilib, yoshlarga boshqarma faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, boshqarma shaxsiy tarkibi hamda kollej o‘quvchilarining Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasiga sayohati tashkil etildi.

O‘z muxbirimiz.