Markalanmagan tamaki mahsuloti ushlab qolindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida sotilishining oldini olish maqsadida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi oldida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston fuqarosi O.A.ga tegishli, aksiz markalari bilan markalanmagan, umumiy qiymati 4 million so‘mlik, 400 pachka “MILANO” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.