Markaziy bank valyutalarning yangi kursini belgiladi: dollar narxi 8700 so‘mga yaqinlashmoqda

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 30 iyuldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 40,20 so‘mga ko‘tarilib, 8 666,71 so‘mni tashkil qildi.

Yevro esa 34,99 so‘mga pasayib, 9641,71 so‘mga tushdi.

Rossiya rubli ham 0,29 so‘mga pasayib, 136,63 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.