Markaziy razvedka boshqarmasi (MRU) Yevropani qanday sotib olgandi?

Vashington Yevropacha g‘ururga esankiratuvchi zarba berdi. AQShda Yevropa Ittifoqini tuzish bo‘yicha MRU - Markaziy razvedka boshqarmasi olib borgan maxfiy operatsiyalarni batafsil bayon qilingan hukumat hujjatlari oshkor qilishda YeI asoschilaridan biri, fransuz siyosatchisi Rober Shuman sotqin – Amerika ayg‘oqchisi bo‘lib chiqdi. Ittifoq tuzish “qahramonona ibrati” uchun Vatikanda uni avliyo deb hisoblashmoqchi ham bo‘lishgandi.

Xristian demokratik partiyasidan bo‘lg‘usi Fransiya tashqi ishlar vaziri Shuman 1950 yilda yaqinginada dushman bo‘lishgan Fransiya va Germaniya o‘rtasida iqtisodiy ittifoq tuzish rejasini taqdim etadi. Shu tariqa Yevropa Ittifoqiga asos solingan “Shuman demokratiyasi” paydo bo‘ladi. Ammo ushbu deklaratsiyani sobiq AQSh davlat kotibi Din Achesan maxsus xizmat mahkamalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ilgari surgan.

Yagona Yevropa shu tariqa Vashingtonda “tug‘ilgan” Amerika razvedkasi “Yevropa loyihasi”ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan. AQShning Yevropa jilovini o‘z qo‘liga olishdan maqsad ko‘hna qit’ani siyosiy-iqtisodiy jihatdan o‘ziga qaram qilish, urushdan keyin juda ommalashib ketgan kommunistlar va boshqa “quloqsiz” partiyalar vakillarini saylovlarda g‘olib chiqib hukumatlar tepasiga kelishining oldini olish edi. MRU yo‘riqnomalaridan birida Yevropa parlamentini tuzishga har qanday yo‘l bilan da’vat etish ko‘rsatilgan. Unda MRUning oldingi o‘zagi Strategik xizmat boshqarmasi boshlig‘i general Uilyam Donovan imzosi turibdi.

AQShda yagona Yevropa uchun Amerika qo‘mitasi tuzildi. Uning ixtiyoriga “Yetakka yurmaydigan” siyosatchilarni sotib olish, qo‘rqitish, hokimiyatdan ag‘darish uchun katta mablag‘ ajratildi. “Amerikaliklar Yevropaning birlashgan shtatlari uchun” tashkiloti ishlay boshladi. U orqali Yevropa siyosatchilarining qo‘liga tutqaziladigan katta pul harakatga keldi. Urushdan keyin Yevropa shtatlari Federal birlashmasini Cherchil boshqaradi, degan g‘oyalar paydo bo‘ldi. Ammo u bu taklifni rad etdi va “Men Buyuk Britaniya Yevropa shtatlarining bir qismi bo‘lishini istamayman”, dedi. London 1973 yildagina o‘ziga bir qator imtiyozlar berilishi sharti bilangina YeIga qo‘shildi.

Yevropa Ittifoqi hamisha Amerikaning manfaatlariga buysundirilgan muhim loyiha bo‘lib keldi. Shuning uchun ham AQSh siyosiy elitasi Yevropani boshqarish sxemasidan voz kechishga qaror qilgan Trampga tashlandilar. Barak Obama davrida turli darajadagi Yevropa amaldorlari “gah” desa Amerika qo‘liga qo‘nadigan siyosatchilarga aylangan, ularning faoliyati, OAV AQSh siyosatini o‘tkazuvchi yaltoqlarga aylangandi. Ehtimol, Tramp Yevropani o‘z holiga qo‘yish g‘oyasi bilan AQSh korchalon siyosatchilarning dunyoga hukmdor bo‘lish siyosatiga tish qayraganini anglamagandir.

“Mir novostey” (2021 y, 16-son) haftanomasidan T.Shomurodov tayyorladi.