Mashhur daholarning g‘alati odatlari
Bugungi ro‘yxatimizda hayoti iste’dod va telbalik yoqasida bo‘lgan buyuk odamlarning g‘alati qiliqlari haqida so‘z yuritamiz.
Albert Eynshteyn
Bu dahoning o‘ziga xos fobiyasi bo‘lgan – u paypoq kiyishdan qo‘rqqan, chunki u bosh barmog‘i paypoqni teshishiga amin edi.
Bir kuni Eynshteyn bu haqda “Hatto eng tantanali marosimlarga ham paypoqsiz borganman va bu madaniyatsizligimni baland etiklar ostida yashirganman” deb yozgan.
Benjamin Franklin
Mashhur siyosatchi o‘z fikrlarini bir yerga to‘plab olishning juda g‘alati usuliga ega edi: Franklin ertalab deraza oldiga yalang‘och turishni va shundan key ingina ishga kirishishni yaxshi ko‘rgan.
Koko Shanel
Jahon uslubi sanami o‘ta injiqligi bilan ajralib turgan. Uning majburiy talablaridan biri studiya-korxonasining zinapoyalaridan doimo atir hidi ufurib turish kerak edi.
Shanel bu g‘alatilikni reklama maqsadida ham ishlatgan. Dam olish kunlari u katta savdo markaziga kelib, zinapoya tepasidan bir shisha atirini uloqtirib tashlagan.
Do‘konga tashrif buyurgan ayollar bu qanday hid deb so‘rashganida Koko: “5 raqamli Shanel”, deb javob bergan. Uni qayerdan sotib olish mumkin degan savolga esa u ishonch bilan “Hamma joyda” deb qo‘ya qolgan.
Aleksandr Suvorov
Buyuk rus qo‘mondoni kunini juda g‘ayrioddiy marosim - o‘z ustiga muzli suv to‘kib yuborish bilan boshlagan. Xo‘rozga o‘xshab qichqirib, askarlarni safarga chaqirgan. Bundan tashqari u muhim amaldorlarni bitta ichki kiyim va tungi qalpoqda qabul qilishi mumkin edi.
Charlz Dikkens
Mashghur ingliz yozuvchisi o‘z xonasi devorlarini oyna bilan jihozlashni yaxshi ko‘rgan. U bu ko‘zgularga qarab, yuz burishtirib vaqtichog‘lik ham qilgan.
Karl Yung
Mashhur ruhshunos ovqat tayyorlashdan oldin idishlar (kostryulkalar, tovalar) bilan gaplashishni yaxsh ko‘rardi. Shuningdek Yung o‘zi yashashi uchun na elektr, na suv, na istish tarmog‘i - hech qanday qulayliklari bo‘lmagan kichik qal’a qurdirgan.
Immanuil Kant
Nemis faylasufi kuniga bir marta va faqat tushlik paytida ovqatlanishni afzal ko‘rgan. Lekin bu ovqat qabul qilish marosimi bir necha soat davom etgan.
Ioganess Brams
Nemis kompozitori va pianinochisi poybzallarni yarqiraguncha tozalashni yaxshi ko‘rardi. Buning nimasi g‘alati dersiz? Brams bu mashg‘ulot paytida uning boshiga eng go‘zal ohanglar paydo bo‘lishiga ishonardi.
Igor Stravinskiy
Rus kompozitori esa tongni 15 daqiqa boshiga tayanib turish bilan boshlardi. Ushbu marosim Stravinskiyga o‘zini ish kayfiyatiga moslashtirishga yordam bergan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.