Masjiddagi ehson qutisidan pul o‘g‘irlagan yigitlar qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki yigit masjiddagi ehson qutisidan pul o‘g‘irlaganligi videosi tarqaldi. Ushbu voqea Uchtepa tumanidagi «Abu Hurayra» masjidida sodir bo‘lgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Masjid imom-xatibi va qorovulining so‘zlariga ko‘ra, qutida taxminan 300 ming so‘m atrofida mablag‘ bo‘lgan.

O‘g‘rilikni 22 yoshli Suhrobjon U. va 27 yashar Mirzohid D. amalga oshirganligi aniqlangan. Ular keyinchalik o‘g‘irlangan pullarni o‘zaro bo‘lishib olgan.

Ushbu hodisa yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 61-moddasi (mayda o‘g‘rilik) bo‘yicha ish ochilgan hamda materiallar Uchtepa tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.