"Matiz" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketdi

Joriy yilning 5 may kuni soat 23:30 da 31 yoshli R.M. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani, Do‘stlik MFY hududida yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l bo‘yidagi P-12 kanaliga ag‘darilib ketgan va yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Oqibatda avtomashina xaydovchisi R.M., avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar - 30 yoshli A.D. va 22 yoshli R.M. (ayol) hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.