Maxsus poyezd reysi orqali mingga yaqin yurtdoshimiz Rossiyadan olib kelindi

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 23 avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Transport vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, mazkur poyezd 27 avgust kuni Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.