MediaCAMP Award 2020 jurnalistlar va blogerlar uchun tanlov e’lon qildi
Markaziy Osiyoda yagona, nufuzli MediaCAMP Award 2020 jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida tanlov o‘tkazishga qaror qildi.
Tanlov materiallar 15 iyulgacha qabul qilinadi. Shoshiling!
Ayni paytda jurnalistlar uchun “MediaCAMP Award II” mintaqaviy tanloviga jurnalistlarning OAVda e’lon qilingan materiallarini qabul qilish boshlandi. Tanlovga turli format va janrdagi 2019 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 maygacha Markaziy Osiyo ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ijodiy ishlar qabul qilinadi (yagona cheklov – hujjatli filmlarning vaqti 40 daqiqadan oshmasligi kerak).
Tanlov Markaziy Osiyoning MediaCAMP dasturi doirasida o‘tkazilmoqda.
Uning maqsadi:
– Markaziy Osiyo davlatlarida jamoatchilik uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqea va hodisalarni yoritadigan iqtidorli jurnalistlar va mustaqil kontent yaratuvchilarni rag‘batlantirish;
– Mintaqadagi jamiyatning turli vakillarini tinglash imkonini beradigan media-muhitning rivojlanishiga ko‘maklashish.
Tanlovda ommaviy axborot vositalarida shtatda va shtatsiz faoliyat yuritadigan har bir jurnalist, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning media sohasida ishlaydigan kontent yaratuvchilar ishtirok etishlari mumkin. Faqat chet el ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar tanlovda qatnasha olmaydi. Arizani material muallifi yoki uning nomzodini ko‘rsatayotgan media tashkilot taqdim etadi.
Ijodiy ishlar rus va milliy tillarda ariza topshirayotgan mamlakatga qarab (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, o‘zbek) ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
Shartlar haqida batafsil ma’lumot.
Ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:
– arizani ShU YeRDA to‘ldiring,
– tilxatni ilova qiling (Men (I.F.O) (materail nomi) shaxsan o‘zim tomonimdan tayyorlangan va (manba nomi) ___ 20 ___yilda e’lon qilinganini tasdiqlayman. Men ushbu material va u haqidagi ma’lumotlarni MediaCAMP Award tanlovi doirasida ishlatishga, tarqatishga va zarur bo‘lganda, Internews manbalarida ochiq ovozga qo‘yilishiga qarshi emasman. Shuningdek, ushbu maktub bilan men surat e’lon qilingan manba OAV bosh muharririni (OAV ta’sischisi) suratni tanlovga yuborayotganim va undan MediaCAMP Fest festivali doirasida foydalanishlari haqida ogohlantirganimni tasdiqlayman. Sana Imzo )
Arizalar ushbu tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, 2020 yil 15 iyul soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Ishni baholaydigan hakamlar hay’ati nominatsiyalari:
- “Hokimiyat va jamiyat”
- “Chegarasiz avlod – imkoniyatlar vaqti”
- “Yordam berish vaqti”
- “Yonimizdagi qahramonlar”
- “Ob’yektiv” (fotosuratlar uchun)
Hakamlar hay’atining ixtiyoriga ko‘ra, ishtirokchilar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanishi mumkin.
Bu yerda siz nominatsiyalarning batafsil tavsifini, shuningdek, 2019 yilgi tanlovda har bir nominatsiyada g‘olib bo‘lgan ijodiy ishlarning namunalarini topishingiz mumkin.
Birinchi milliy tanlov komissiyasi har bir mamlakatdagi eng yaxshi ishni aniqlaydi. So‘ng Internews tomonidan tayinlangan hududiy hakamlar finalga chiqqanlar orasidan g‘oliblarni tanlab oladi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan II Markaziy Osiyo mediafestivalida bo‘lib o‘tadi. Marosim joriy yilda telekonferensiya rejimida onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
Savollaringiz bo‘lsa, kz-info@internews.org. elektron manzili orqali biz bilan bog‘laning.
Xatlarning sarlavhasida quyidagi mavzuni ko‘rsating: «O‘zbekistonlik ishtirokchidan jurnalistik tanlov haqidagi savol». Eng ko‘p uchraydigan savollarga javoblar Internews.kz va Newreporter.org veb-saytlarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda e’lon qilinadi.
Loyiha AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) ko‘magida MediaCAMP Markaziy Osiyo dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
P/S. Har bir nominatsiyaga ishtirokchi 1 tadan material berishi mumkin. Shuningdek u 5 ta nominatsiyaning har biriga ham 1 tadan material topshirishi mumkin. Buning uchun arizani 5 marta to‘ldirish kerak bo‘ladi. Tilxat kz-info@internews.org. Elektron pochtasiga yuboriladi.