Meksikada so‘nggi bir oy ichida 4 nafar, 2018 yildan beri 50 dan ortiq jurnalist o‘ldirildi: So‘nggi qotillik namoyishlarga sabab bo‘ldi

Roberto Toledo hukumatdagi korrupsiyaga oid shov-shuvli maqolalari bilan tanilgan Monitor Michoacan veb-nashrida ishlagan edi. OAVga avval ham bir necha marta qattiq jazo bilan tahdid qilishgan.



Misli ko‘rilmagan qator qotilliklar butun mamlakat bo‘ylab ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. 2018 yil dekabridan beri Meksikada 50 dan ortiq jurnalist o‘ldirilgan.

Shu oxirida Meksikaning Tixuana shahrida, uyi oldida federal hukumat himoyasida bo‘lgan jurnalist Lurdes Maldonado otib o‘ldirildi.

Lourdes Maldonado bir qancha axborot agentliklari bilan hamkorlik qilgan va mahalliy voqealarni yorituvchi yangiliklar dasturida ishlagan. 2019 yilda mamlakat prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorning matbuot anjumanida u hayotidan xavotirda ekanini aytgan edi. O‘shanda gap Quyi Kaliforniyaning sobiq gubernatori Xayme Bonilla Valdez bilan uzoq muddatli huquqiy kurash haqida ketgan.

O‘tgan hafta jurnalist ushbu mehnat da’vosida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. U shuningdek, sobiq shtat bosh prokurorini ham sudga berdi.

Yanvar oyida shuningdek, kriminal yangiliklar fotomuxbiri Margarito Martines va Verakrusda siyosat va xavfsizlikni yorituvchi internet portalini boshqargan jurnalist Xose Luis Gamboa Arnaz otib o‘ldirilgan.

Meksika OAV xodimlari uchun dunyodagi eng xavfli mamlakat sifatida tan olingan.