Meksikalik ayollar 8 mart kuni yashash huquqini talab qilishdi
- 09.03.2022 17:45
- 38
- Xorij
8 mart kuni o‘n minglab ayollar Mexiko ko‘chalariga chiqib, ayollar o‘limi va oiladagi zo‘ravonlik holatlari rekord darajada qayd etilgan mamlakatda adolat va yashash huquqini talab qilishdi. Namoyishni 3000 nafar politsiyachi qo‘riqladi.
Feministik tanqidga javoban prezident Lopes Obrador "ayollar huquqlari va gender tengligi uchun kurashni davom ettirishga" va’da berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Meksikada 1006 nafar ayol o‘ldirilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 978 nafarni tashkil qilgan.
Mamlakatda ayollarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar umumiy jinoyatlarning 14,8 foizini tashkil etadi. INEGI Milliy statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 80 foizi oiladagi zo‘ravonlik, 8,4 foizi jinsiy zo‘ravonlikdir.
Teglar:
Meksika
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa