“Men – donorman!”: 1 dekabr kuni Samarqandda donorlik aksiyasi o‘tkaziladi

Samarqand viloyati qon quyish markazining asosiy maqsadi viloyat shifoxonalarini xavfsiz qon bilan ta’minlashdan iborat. Insonning hayotini asrab qolish ko‘pincha qon quyish jarayoni bilan bog‘liq. Qon esa kimyo laboratoriyalarida ishlab chiqilmaydi, u inson organizmidagi bebaho ne’mat. Faqat yaxshi insonlarning yordami bilangina og‘ir ahvoldagi bemorlarni hayotga qaytarish, ularning umriga umr qo‘shish mumkin.

Keyingi yillarda bunday savob amalni bajarayotgan insonlarning soni tobora ortayotgani quvonarli. Qolaversa, donorlikning afzalliklari bo‘yicha turli aksiya, targ‘ibot tadbirlarining ham ko‘paygani ezgu ishga bosh qo‘shayotganlar soni oshishiga turtki bo‘lmoqda.

Xuddi shunday tadbirlardan biri Yoshlar ishlari agentligi viloyat bo‘limi tomonidan joriy yilning 1 dekabr kuni «Men – donorman!» shiori ostida donorlik aksiyasi sifatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yoshlar agentligining hududiy tashkilotlari bilan hamkorlikda donorlik aksiyasi bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkaziladi. Tadbir davomida qon topshirish istagi bo‘lgan kishilarni ushbu savobli ishga taklif etamiz.

Nodira ABDULLAYeVA,

viloyat qon quyish markazi mutaxassisi.