"Mercedes-Benz" sotilgan millionlab avtomobillarini qaytarib olmoqda

Germaniyaning "Mercedes-Benz" avtomobil ishlab chiqaruvchisi R, ML and GL toifali minievn (kichik furgonli) va vnedorojnik (yo‘l tanlamas)larda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tormoz muammolari tufayli butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqarilgan millionga yaqin avtomobilini qaytarib oladi.

Federal avtotransport idorasi ushbu chora 2004 yildan 2015 yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarga taalluqliligi va tormoz kuchaytirgichining korroziyasi xavfi bilan bog‘liqligini aytmoqda. Nazariy jihatdan, bu tormoz pedalidagi nosozliklarga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi "chaqirib olingan" transport vositalari egalaridan texnik ko‘rikdan o‘tkazilgunga qadar ulardan foydalanmaslikni so‘ragan.

Rossiyaning "Kommersant" gazetasining xabar berishicha, ushbu modellar Rossiyadagi barcha "Mercedes-Benz" savdolarining qariyb 20 foizini tashkil qilgan. Shu bilan birga, bozor ishtirokchilarining ta’kidlashicha, mavjud komponentlar zaxirasi kuzgacha tugashi mumkin. Chunki mart oyi boshida "Mercedes-Benz" Ukrainadagi urush tufayli Rossiya bozoridan chiqishini e’lon qilgan edi.