«Metan bomba» portlay boshladi

Kutilmaganda Rossiyada chinakam «urush» bormoqda: Sibir va Yamal abadiy muzliklari qa’rida asirlikdan yorib chiqqan metan portlashlari oqibatida 20 dan ziyod yirik kraterlar aniqlandi.

Abadiy muzlik qa’rida muzlagan holda asirlikda yotgan metanning yer yuzasiga yorib chiqishi sayyoramiz uchun fojiali oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. U haroratni ko‘tarib, dunyoni ko‘pchilik hayot shakllari halokatigacha qizdiradi.

Hozirda muzlik 11 million kv/km.ni tashkil qiladi. U yerda 2,4 million aholi yashamoqda. Yirik shaharlar Orkuta, Chita, Ulan-Ude, Sankard, Magadan, Petropavlovsk, Kamchatka, Yoqutiston bir vaqtlar muzlagan tuproq ustiga qurilgan va mustahkam hisoblangan, hozir esa ko‘p qavatli uylar atrofida yoriqlar ko‘paymoqda. Odamlarni ko‘chirishga to‘g‘ri kelsa, qayerga borishadi?

Bunga esa hech kim tayyor emas. Yer ostidan portlab chiqqan gaz tevarak-atrofga o‘t ketishi, gaz quvurlarini xavf ostida qoldirmoqda.

Global isishga qarshi kurash

Ekspertlarning ta’kidlashicha, hozirgi favqulodda iqlim o‘zgarishi hali holva. Ular insoniyatning vaqti qolmadi, tezroq harakat qilmasa bo‘lmaydi deb hisoblashadi. Aks holda atmosferaga chiqarilayotgan zararli gaz Yerdagi hayotni xavf ostida qoldiradi. Buni yaxshi tushungan davlatlarda xavfning oldini olish choralari allaqachon boshlanib ketdi. Qimmat turadigan sanoat qurilmalari yordamida havodan karbonat angidrid so‘rib olina boshladi. Jumladan, Shotlandiya, JAR, Islandiyada shunday qilinmoqda. Karbonad angidridni uglerod bilan vodorodni qo‘shib ishlab chiqarishda foydalanishi mumkin.

Millioner Ilon Mask, ayniqsa, ekologiya haqida jiddiy qayg‘urmoqda. U havoni ugleroddan tozalaydigan eng yaxshi texnologiya uchun 100 million dollar sovrin va’da qilmoqda.

Global isish bilan kurashadigan yana bir shubhali usul: okeanga fitoplankton sepish. Mohiyati oddiy – suv o‘tlari o‘rmonlarga qaraganda tez o‘sadi. "U karbonad angidridni yutib, kislorod ajratadi", deydi olimlar.

«Mir novostey" (2021 y 41-son) haftanomasidan T.Shomurodov tayyorladi.