Migrantlarga salkam 973 ming AQSh dollari miqdoridagi to‘lanmagan ish haqlari undirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 8 ming 448 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 289 ming 326 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 279 nafariga ijtimoiy yordam, 12 ming 038 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi.

➖ 7 ming 034 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.

➖ 311 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.

➖ Xorijda vafot etgan 478 nafar fuqaro jasadi olib kelindi.

➖ 317 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.

➖ Og‘ir tan jarohati olgan 12 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.

➖ Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 972,9 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.