Milliarder kosmosda bo‘ldimi?
Britaniyalik milliarder Richard Brenson uning kompaniyasi Virgin Galactic yaratgan raketa-planda kosmos chegarasiga parvoz qildi.
Apparat Amerikaning Nyu-Meksika shtatidan eltuvchi samolyot yordamida osmonga ko‘tarildi. So‘ngra undan ajralib, 8,8 kilometr balandlikka ko‘tarilish uchun o‘z dvigatelini ishga tushirdi. Shundan so‘ng ekipaj (kemada 70 yoshli Brensondan tashqari uning uch hamkasbi va ikki uchuvchi ham bor edi) Yerni balanddan tomosha qilib, vaznsizlik holatini his etib ko‘rishdi. Bu 3 daqiqa davom etdi, so‘ngra raketa–plan Yerga qaytdi.
2022 yildan boshlab Brenson kompaniyasi kemada tijoriy reyslarni sotishni mo‘ljallamoqda. Chiptalar 250 ming dollar turadi va hozirdayoq 600 kishi, shu jumladan, Ilon Mask o‘zlariga o‘rinni band qilib qo‘yishdi.
Ammo ko‘pchilik ekspertlar bunday parvozni kosmik deb atab bo‘lmasligini ta’kidlashmoqda. Bu yerda gap qanday balandlikni kosmosning boshlanishi deb hisoblashga bog‘liq.
- Kosmos chegarasi shartli tushuncha, - deydi kosmonavtikani targ‘ib qiluvchi bloger Vitaliy Yegorov “AiF” (2021y, 29-son) haftanomasida. – Qanot zarur bo‘lmaydigan balandlik kosmosning boshlanishi deb qabul qilingan. U yerda qanotlar agrodinamik samara bermaydi va ko‘tarish kuchi hosil qilmaydi. Ammo bu ham shartli chegara, turli mamlakatlarda turlicha balandlik talqin qilinadi. Umumiy tarzda 100 kilometr balandlik kosmos chegarasi hisoblanadi. Demak, xalqaro me’yorlarga ko‘ra Richard Brenson kosmosda bo‘lgan emas.
Sirli olov
NUJ – noma’lum uchuvchi jismlar, osmonda paydo bo‘lib turadigan olovli sharlar, g‘alati shakldagi narsalar va h.k...
Ufologlar ularni odatda o‘zga sayyoraliklar bilan izohlashadi. Boshqa tadqiqotlar esa bu hodisalar Yerda paydo bo‘lib turadi, degan taxminni ilgari suradilar. Xuddi shunday Xessdalen olov degan hodisa mavjud. Biroq olimlar uning kelib chiqishi na Yer, na o‘zga sayyoralar ekanligini tushuntira olishmaydi. Shunga qaramasdan, tabiat sirli hodisalarini odamlar o‘zga sayyoralar bilan bog‘lashga moyilroq. Aslida jumboq ham shunda. Insoniyat paydo bo‘libdiki, mohiyatiga tushunolmagan tabiat hodisalarini afsonalar, rivoyatlar, mish-mishlar bilan izohlashga urinib keladi.
T.Shomurodov tayyorladi.