Millionerlar davlati — Singapur haqida muhim faktlar

Ayni vaqtda mamlakatimizda bo‘lib turgan Singapur prezidenti Halima Yaqub ertaga Samarqandga kelishi kutilmoqda.

Maydoni kichik, taraqqiyot va farovonligi bilan esa insoniyatga iqtisodiyot mo‘’jizasini taqdim eta bilgan bu davlat haqida ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etamiz:

- Singapur — ham shahar, ham alohida bir davlat. Bu davlat aholisi soni 5,4 million kishidan ko‘proq. Maydoni 640 kvadrat kilometr. Ya’ni, maydoni jihatdan dunyoning eng kichik davlatlaridan biri.

- Aholisining zichligi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga Singapur dunyoning eng boy va iqtisodiy jihatdan qudratli davlatlaridan biri hamdir.

- Singapurda milliy til malayya tili hisoblanib, ammo birvarakayiga malayya, ingliz, xitoy va tamil tili rasmiy til maqomiga ega.

- Singapurda dunyo bo‘yicha jinoyatchilik darajasi juda past. Qizig‘i shundaki, politsiya bu mamlakatda juda kam, ko‘chalarda ularni deyarli ko‘rmaysiz. Ammo mamlakatning har bir burchagida kameralar kuzatuvi bor.

- Singapurda hech qanday tabiiy resurslar mavjud emas.

- Singapur zavodlari yiliga 50 mln. tonna neftni sotib olib, qayta ishlash imkoniyatiga ega. Mamlakat dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash markazlaridan biriga aylangan.

- Bu davlat ichimlik suvini boshqa davlatlardan sotib oladi.

- Singapurda hammayoq juda toza va ozoda, xarob kulbalar va ifloslikni umuman uchratmaysiz. Bu davlatda ko‘chaga tupursangiz yoki sigaret qoldig‘i tashlasangiz 1000 dollar jarima to‘lashingizga to‘g‘ri keladi.

- Singapurda avtomobilga egalik huquqi 60 ming singapur dollarini tashkil etadi va 10 yil muddatga beriladi.

- Singapurliklar – jahondagi eng sog‘lom kishilar hisoblanadi.

- Singapurning 3 foizga yaqin aholisi (dollarda) millioner hisoblanadi.

- Bu davlatda firmani 10 minut ichida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

- Sovutgichlar nafaqat binolarda, balki ayrim ko‘chalarda ham mavjud.

- Har bir avtomobil salonida sirenalarni ko‘rish mumkin, mashina agar soatiga 80 kilometrdan yuqori harakatlangan taqdirda avtomatik tarzda o‘chib qoladi.

- Singapurda saylovda ovoz berish yashirin tarzda emas.

***

Yana bir qiziq ma’lumot, kecha Singapur prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurarkan, Toshkentga yo‘lovchi samolyotda yetib keldi. Ertaga oliy darajadagi mehmon Samarqandga yo‘lovchi poyezdida kelsa ham ajablanmaymiz.