"Milliy tiklanish" partiyasi O‘zLiDeP bilan birgalikda Prezident – Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
2023 yil 13 may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenum qatnashchilari milliy yuksalishni amalda ta’minlayotgan, millat va Vatanga sadoqati, xalqparvarligini isbot qilgan Prezident – Shavkat Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash lozim, degan xulosaga kelishdi.
Plenumda muddatidan ilgari Prezidentlik saylovlarida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ilgari surish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.