Moliya vazirligi mutasaddilari samarqandliklar tomonidan bildirilgan 15 ta murojaatni o‘rgandi

Prezidentimizning Samarqand viloyatidagi Halq qabulxonasi va Moliya vazirligi mutasaddilari hamkorligida fuqarolarning muammolarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Samarqand viloyati moliya bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda aholidan 15 ta murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarda fuqarolarga pensiya tayinlanishi, nogironlikka chiqarish, maktabgacha ta’lim tashkilotiga imtiyozli kredit mablag‘i ajratish, yer uchastkalari bilan bog‘liq, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga moddiy yordam berish, fuqarolik pasportini olish, ish haqining to‘g‘ri hisoblanishi, davlat boji kabi masalalar aks etdi.

Qabulda bildirilgan 3 ta murojaat prokuratura organlariga yo‘naltirildi, 12 ta murojaatlar qonuniy tartibda nazoratga olindi va murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Samarqand viloyati moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati.