Monopoliyaga qarshi kurashish viloyat hududiy boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Rajabov Abror Sattorovich mazkur lavozimda ish boshladi.

Eslatib o‘tish lozim, xalq deputatlari viloyat Kengashining 24-sessiyasida boshqarmaning avvalgi rahbari Azamat Bekqulov vazifasiga noloyiq, deb topilgandi.

A.Rajabov 1981 yil Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Samarqand qishloq xo‘jalik institutini zootexniya (magistr), Samarqand iqtisodiyot va servis institutini moliyachi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Dastlab Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 2015-2018 yilarda Samarqand shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyatida ishlagan.
2018-2019 yillarda Samarqand shahar hokimligi qoshida xo‘jalik hisobidagi “Kapital qurilish direksiyasi”ga boshliq bo‘lgan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Monopoliyaga qarshi kurashish viloyat hududiy boshqarmasida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.