Moratoriy qanday natija berdi?

Davlatimiz rahbari farmoni asosida respublikamizda atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida daraxt kesishga qarshi moratoriy e’lon qilingandi.

Buning natijasida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalar qimmatbaho navlarining kesilishi bo‘yicha 2019 yilda (75 murojaat) 1600 tup daraxtni tag qismidan kesilishiga rad javob berilib, 584 tup qimmatbaho daraxt turlari saqlab qolindi. 2020 yilda jami 533 murojaat bo‘lgan bo‘lsa, 261 murojaatdagi 11 833 tup daraxt kesilishi oldi olindi va 6900 tup qimmatbaho daraxt turlari saqlab qolindi. Joriy yilning 9 oyida (1 oktyabr holatiga) 839 ta murojaatdan 347 ta murojaatga rad javobi berilib, 11 790 tup daraxtlarni tag qismidan kesilishiga hamda 10 441 tup qimmatbaho daraxt turlari saqlanib qolishga erishilgan.

E’tibor qaratadigan bo‘lsak, yil sayin daraxtlarni kesish bo‘yicha murojaatlar ko‘payganligi ko‘rish mumkin.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 3 fevraldagi farmonida har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan 10 tup ko‘chat ekib 2 yil parvarishlash belgilangan. Noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun qimmatliligi jihatidan 100 tup daraxt ko‘chatlari ekish sharti ham keltirilgan. Kompensatsiya tarzida ekiladigan daraxt va buta ko‘chatlari uchun Jomboy, Ishtixon va Samarqand tumani hududidan 50 gektar yer maydoni ajratilib, ko‘chatlar o‘tqazilmoqda.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.